Institutining professor-oʻqituvchilari F.Xamidova, Sh.Allayarov va S.Elmirzayevlar Rossiya Federatsiysi Moliyaviy monitoring Federal xizmati Xalqaro tarmoq institutining ishtirokchilari - universitet oʻqituvchilari uchun, Moliyaviy monitoring Xalqaro oʻquv-uslubiy markazida malaka oshirishdi.

22-26 aprel kunlari Moskvadagi Moliyaviy monitoring xalqaro oʻquv-uslubiy markazida Xalqaro tarmoq instituti ishtirokchilari - Oʻzbekiston vakillari uchun oʻquv kurslari tashkil etildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlari, jumladan Toshkent moliya instituti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari qatnashdilar.

Oʻquv kursining tasdiqlangan oʻquv rejasi asosida Rosfinmonitoring federal xizmati turli boʻlimlari va universitet oʻqituvchilari tomonidan mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Barcha tadbirlar natijalariga koʻra ishtirokchilarga muvaffaqiyatli tamomlaganlik sertifikatlari topshirildi. Malaka oshirish boʻyicha hisobot va takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentiga, Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligiga va institutining Xalqaro aloqalar boʻlimiga taqdim etildi.

10:27 / 2019-05-02
Success helper
Success warning